Foydalanish shartlari
- Hujjat raqami
- RX-TOS-2026-01
- Oxirgi yangilanish
- 19 oktyabr 2026
Ushbu shartlar ReadX kitobxonlar hamjamiyati xizmatlaridan (Telegram bot @Readxuzbot va readx veb-sayti) foydalanish tartibini belgilaydi. Botda roʻyxatdan oʻtish orqali siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz.
1. Xizmat nima
ReadX Oʻzbekiston hududlarida kitobxonlik tadbirlarini tashkil etadi. Bot orqali roʻyxatdan oʻtasiz, hududingiz va tadbirni tanlaysiz hamda tadbirga kirish uchun shaxsiy ticket olasiz.
Veb-sayt tadbirlar, reyting va jamoa haqidagi ochiq ma’lumotlarni koʻrsatadi.
2. Roʻyxatdan oʻtish
Roʻyxatdan oʻtish uchun toʻgʻri ism, familiya va oʻzingizga tegishli telefon raqamni kiritishingiz kerak. Boshqa shaxsning ma’lumotlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Bitta Telegram hisobi bitta ReadX profiliga mos keladi.
3. Ticketlar
Har bir ticket bitta tadbir uchun va faqat sizga beriladi, uni boshqa kishiga oʻtkazish mumkin emas. Bir tadbirga bitta faol ticket olish mumkin.
Ticket tadbirda tashkilotchi tomonidan skanerlanganda ishlatilgan hisoblanadi va qayta ishlatilmaydi. Rejangiz oʻzgarsa, ticketni botdan bekor qilishingiz mumkin, shunda oʻrningiz boshqa ishtirokchiga beriladi.
Oʻrinlar soni cheklangan boʻlsa, navbat (kutish roʻyxati) yuritiladi. Oʻrin boʻshaganda sizga bot orqali xabar yuboriladi.
4. XP va reyting
XP tadbirda qatnashganingiz, soʻrovnomalarda ishtirok etganingiz va kitob almashganingiz uchun beriladi. Miqdorlarni ReadX jamoasi belgilaydi va oʻzgartirishi mumkin.
Reytingda ismingiz va familiyangizning bosh harfi ochiq koʻrinadi. Buni botdagi «Profilim» boʻlimidan istalgan vaqtda oʻchirib qoʻyishingiz mumkin.
5. Xulq-atvor qoidalari
Tadbirlarda boshqa ishtirokchilar va tashkilotchilarga hurmat bilan munosabatda boʻling. Xizmatni aldash, spam yuborish yoki uning ishiga toʻsqinlik qilish maqsadida ishlatish mumkin emas.
Qoidalar buzilgan taqdirda ReadX jamoasi profilni cheklashi yoki bloklashi mumkin.
6. Mas’uliyat
Biz xizmat uzluksiz ishlashi uchun harakat qilamiz, ammo texnik nosozliklar boʻlishi mumkin. Tadbir sanasi, joyi va oʻrinlar soni oʻzgarishi mumkin; bu haqida bot orqali xabar beramiz.
Tadbir davomida shaxsiy buyumlaringiz xavfsizligi uchun oʻzingiz mas’ulsiz.
7. Rasm va video
Tadbirlarda ReadX jamoasi rasm va video suratga olishi mumkin. Ular ReadX ijtimoiy tarmoqlarida, saytida va hisobotlarida ishlatilishi mumkin.
Ommaviy tadbirda yuzlab kishi orasidan bir kishini kadrdan chiqarib boʻlmaydi, shuning uchun bu rozilik ReadX tadbirlarida ishtirok etish shartidir va roʻyxatdan oʻtishda botda alohida soʻraladi. Rozilik bermasangiz, roʻyxatdan oʻtib boʻlmaydi.
8. Oʻzgarishlar
Shartlar yangilanishi mumkin. Joriy tahrir va oxirgi yangilanish sanasi shu sahifada koʻrsatiladi. Muhim oʻzgarishlarni bot orqali ham e’lon qilamiz.
9. Bogʻlanish
Savol va takliflar uchun Telegram kanalimiz yoki botdagi «Yordam» boʻlimi orqali murojaat qiling.